Asosiy kontentga o'tish

Facebook va Instagram'dan kelgan mijozlarni
avtomatik lidga aylantiring

Yuboraman — Facebook va Instagram lidlarini Telegram, Bitrix24, amoCRM, Google Sheets va CPA tarmoqlariga avtomatik yetkazadigan xizmat.

50+
Integratsiya
24/7
Lid qabul qilish
Bepul
Sozlash narxi

Ishonch signallari

3 000+ foydalanuvchi · oyiga 2 mln+ lid (2026-yil noyabr)
SSL + DDoS himoya
O'zbek, rus va ingliz tillarida
So'mda to'lov
Lidlar 24/7 yetkaziladi
Telegram qo'llab-quvvatlash

Lidlar qanday oqib keladi

Lead formadan, izohdan va Direct'dan — CRM'gacha, qo'l ishisiz.

Facebook
Facebook Lead Ads
Lid manbasi
Jonli lidlar
Yuboraman
Avtomatik yo'naltiruvchi
TelegramTelegram✓
Google SheetsGoogle Sheets✓
Bitrix24Bitrix24✓
⚡ Real vaqtda — Forma yuborilgan zahoti lid qabul qilinadi va manzilga jo'natiladi
🤖 Avtomatik — Qo'lda nusxalash, export/import — endi kerak emas
✅ Ishonchli — Yetkazilmasa qayta urinadi, webhook o'tkazib yuborgan lidni esa zaxira tekshiruv yig'ib oladi

Yuboraman nima qiladi?

Yuboraman — Facebook va Instagram reklamasidan kelgan lidlarni Telegram, Bitrix24, amoCRM, Google Sheets va CPA tarmoqlariga o'zi yetkazib beradigan xizmat. 2024-yildan beri ishlaydi. Facebook yoki Instagram'da reklama beradigan har kim uchun: bitta do'kondan tortib katta agentlikkacha. Lid formasini to'ldirgan, reklama ostiga izoh qoldirgan yoki Instagram Direct'ga yozgan mijoz siz tanlagan joyga tushadi — qo'lda nusxalash ham, kod yozish ham kerak emas. Xohlasangiz, AI agent izoh va xabarlarga sahifangiz nomidan javob beradi. Bugun Yuboraman'da 3 000 dan ortiq foydalanuvchi bor, har oy xizmat orqali 2 milliondan ortiq lid o'tadi (2026-yil noyabr).

Facebook Leads

Facebook lead formalaridan kelgan lidlarni avtomatik qabul qilish va real vaqtda CRM'ga yuborish

Integratsiyalar

Telegram, Google Sheets, Bitrix24, amoCRM va 50 dan ortiq CPA tarmog'i — qo'l bilan nusxalash yo'q, hammasi avtomatik

Reklama hisobotlari

Facebook Ads kunlik statistikasi (lidlar, xarajat, CTR) avtomatik Telegram'ga yuboriladi

Facebook Pixel

Saytingizga Pixel o'rnatish va reklamalarni maqsadli auditoriyaga yo'naltirish

Domen xizmati

Landing page yoki CPA sayti kerak bo'lsa — domen ro'yxatdan o'tkazish, DNS va SSL bir joyda

Xavfsizlik

SSL sertifikat, DDoS himoya va ma'lumotlaringiz xavfsizligi ta'minlangan

Bu qanday ishlaydi?

4 oddiy qadamda Facebook va Instagram lidlaringiz avtomatik CRM'ga tusha boshlaydi

1

Ro'yxatdan o'ting

Bepul akkaunt oching — bank karta kerak emas

2

Sahifangizni ulang

Bitta bosishda Facebook sahifangizni biriktiring — Instagram akkaunti ham shu orqali ulanadi

3

Manzilni tanlang

Telegram, Google Sheets, Bitrix24, amoCRM yoki CPA tarmog'i — qaysi qulay bo'lsa shuni tanlang

4

Lidlar avtomatik keladi

Facebook lidlari forma yuborilishi bilan tanlagan manzilingizga tushadi — qo'l bilan ishlashga hojat yo'q

Nega aynan Yuboraman?

Boshqa lead-automation platformalarida topilmaydigan xususiyatlar — aynan Facebook va Instagram reklamasi hamda O'zbek bozori uchun

O'zbek bozori uchun

Interfeys, Telegram bot va xato xabarlari — o'zbek, rus va ingliz tilida

Kunlik reklama hisobotlari

Facebook Ads kunlik natijalari (lidlar, xarajat, CTR) avtomatik Telegram'ga tushadi — dashboard ochish shart emas

Tayyor Bitrix24

Bitrix24 CRM bilan to'g'ridan-to'g'ri integratsiya — vositachisiz, sozlashi oson

Telegram boshqaruvi

Lidlar, hisobotlar va sozlamalar — barchasi Telegram bot orqali ishlaydi

Video darsliklar

Platformadan to'g'ri foydalanish uchun barcha kerakli ma'lumotlar

1-dars

Ro'yxatdan o'tish va profilni aktivlashtirish

Yuboraman.uz'da akkaunt ochish, profilni to'g'ri to'ldirish va uni aktivlashtirish. Platformaga birinchi marta kirganda nimalarga e'tibor berish kerakligi ham aytiladi.

Davomiyligi:

Muallif: Bahodirjon Siddiqov, targetolog

2-dars

Facebook va Google akkauntlarini ulash

Facebook (Meta) Business va Google akkauntlarini Yuboraman.uz'ga ulash, ruxsatlarni to'g'ri berish va ulanishni tekshirish. Bir nechta akkaunt bilan ishlash ham ko'rsatilgan.

Davomiyligi:

Muallif: Bahodirjon Siddiqov, targetolog

3-dars

Facebook formadan lidlarni Telegram'ga yuborish

Facebook lid formasini ulash, Telegram guruhini bog'lash va lidlar guruhga real vaqtda tushadigan qilib sozlash. Xabar shablonini moslash va sinab ko'rish ham bor.

Davomiyligi:

Muallif: Bahodirjon Siddiqov, targetolog

Tarif rejalar

Biznesingiz uchun eng mos rejani tanlang

Boshlang'ich

Yangi boshlayotganlar uchun bepul tarif

Bepul

1 000 lid/oy

  • 1 000 ta lid o'tkazish
  • 100 tagacha Facebook akkauntini ulash
  • Cheksiz mahsulot yuklash
  • Analitika va hisobotlar
  • Maxsus CRM integratsiyalari
Tanlash

Professional

O'sib borayotgan bizneslar uchun

49 000so'm/oy

5 000 lid/oy

  • 5 000 ta lid o'tkazish
  • 100 tagacha Facebook akkauntini ulash
  • Cheksiz mahsulot yuklash
  • Analitika va hisobotlar
  • Maxsus CRM integratsiyalari
Tanlash

Biznes

Barqaror bizneslar uchun optimal yechim

69 000so'm/oy

10 000 lid/oy

  • 10 000 ta lid o'tkazish
  • 100 tagacha Facebook akkauntini ulash
  • Cheksiz mahsulot yuklash
  • Analitika va hisobotlar
  • Maxsus CRM integratsiyalari
Tanlash
Eng ommabop

Korporativ

Katta biznes va agentliklar uchun

89 000so'm/oy

Cheksiz lid/oy

  • Cheksiz lid o'tkazish
  • 100 tagacha Facebook akkauntini ulash
  • Cheksiz mahsulot yuklash
  • Analitika va hisobotlar
  • Maxsus CRM integratsiyalari
Tanlash

Foydalanuvchilar nima deydi

Bu fikrlar ochiq Telegram guruhimizdan olingan. Guruhga o'tish

«Kattakon rahmat, telegramga lid kelyapti, barchasi joyida, toʻliq tez ishlayapti.»

Telegram guruhimiz a'zosi

«…juda zoʻr, bexato ishlayapti… bu targetloglar uchun kutilmagan yangilik boʻldi.»

Telegram guruhimiz a'zosi

Boshqa fikrlar va biz haqimizda

Ko'p beriladigan savollar

Xizmatimiz haqida eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar

Yo'q, Facebook Leads avtomatizatsiyasi uchun domen umuman kerak emas — bepul tarifda ham bemalol ishlaydi. Domen xizmati alohida qo'shimcha: u faqat landing page yoki mustaqil CPA sayti qurmoqchi bo'lsangiz kerak bo'ladi.

Lid o'tkazish — Facebook va Instagram Lead Ads orqali kelgan mijoz ma'lumotlarini siz tanlagan joyga — Telegram, Google Sheets, Bitrix24, amoCRM yoki CPA tarmog'iga — avtomatik yuborish. Qo'lda nusxalash shart emas: tizim buni o'zi bajaradi.

Yo'q, kod yozish kerak emas. Ro'yxatdan o'tasiz, Facebook sahifangizni ulaysiz, lid qayerga borishini tanlab saqlaysiz. Har bir manzil uchun bosqichma-bosqich yo'riqnoma bor, video darsliklar esa har qadamni ko'rsatadi. Qiyinchilik bo'lsa, texnik yordam jamoamiz yordam beradi.

Telegram'ga (shaxsiy chat, guruh, kanal yoki forum mavzusi), Google Sheets jadvaliga, Bitrix24 va amoCRM (Kommo) CRM'lariga hamda O'zbekistondagi 50 dan ortiq CPA tarmog'iga — masalan, 100k.uz, Alijahon.uz va Xavi.uz'ga. Bitta formaning lidini bir vaqtda beshtagacha manzilga yuborish mumkin. Kerakli tizim ro'yxatda bo'lmasa, lidni o'z API manzilingizga (webhook) yuborish mumkin.

Ha, bepul tarifda oyiga 1 000 tagacha lid o'tkazish mumkin. Bu kichik biznes yoki sinab ko'rish uchun yetarli. Kerak bo'lsa, istalgan vaqtda pulli tarifga o'tishingiz mumkin.

Ha. Sayt va kabinet bilan aloqa SSL orqali shifrlanadi, serverlar DDoS hujumlaridan himoyalangan. Lidlaringiz faqat siz ulagan joyga boradi — Telegram, CRM, Google Sheets yoki CPA tarmog'iga. Biz ularni sotmaymiz va reklama uchun hech kimga bermaymiz. Xizmat ishlashi uchun kerak bo'lgan texnik hamkorlar (serverlar, AI javoblari) bor, ular ma'lumotni faqat shu ish uchun qayta ishlaydi.

Hozirda Click orqali onlayn yoki karta o'tkazmasi (chek bilan) to'lash mumkin. To'lov xavfsiz va tezkor. Hozircha oylik tariflar mavjud (yillik tez kunda).

Ha, barcha foydalanuvchilar uchun texnik yordam mavjud. Telegram'dagi @ReklamaManagerUz orqali tezkor yordam olishingiz mumkin. Ish kunlari 08:00 dan 18:00 gacha javob beramiz.

Ha, obunani istalgan vaqtda bekor qilish mumkin. Bekor qilganingizdan so'ng joriy to'lov davri oxirigacha xizmatdan foydalanishingiz mumkin. Hech qanday jarima yo'q.

Hoziroq bepul boshlang!

1000 ta lidgacha bepul. Bank karta talab qilinmaydi.